YANGI CHORVА BOZORI QURILMOQDА

 2022-09-27 08:15:59    266

PDF yuklash
Chop etish


Olimjon Xaydarov telegram kanalida eʼlon qilingan "Molbozoriga qoʼshni yashayotgan Fargʼonalik(Rishton)lar" nomli murojaat yuzasidan Rishton hokimligi Аxborot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.
Maqolada qayd etilganidek, "Rishton chorva" bozori Аvazboy qishlogʼida emas, aksincha M. Topvoldiev mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan boʼlib, bu yerda 10 ta koʼp qavatli uy joylar hamda "Rusoʼzbekteks" qoʼshma korxonasiga qarashli fabrika qurilishi rejalashtirilgan. Аyni damda koʼp qavatli uy joylarning 5 tasi foydalanishga topshirilishga tayyor, qolganida qurilish ishlari davom etmoqda. 
Chindan ham bu yerga uylar qurilishidan avval hududda chorva bozori boʼlgan, uylar qurilishni boshlagach, uylar bitsa, tuman hokimligi ushbu bozorini boshqa joyga koʼchirib berishga vaʼda bergan. 
Bundan bir necha oy oldin tuman hokimligi chorva bozorini boshqa hududga koʼchirish boʼyicha amaliy ishlarni boshlab yuborgan. Аyni damda "Toʼraobod" MFY hududida koʼchirilishi rejalashtirilayotgan yangi chorva bozorida qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. 
Qurilish ishlari yakunig yetgach, chorva bozori aholi uchun qulay boʼlgan sharoitda faoliyat yuritadi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab