SHUKRONALIK VA MEHR-MURUVVAT BAYRAMI
2023-03-30 06:39:03 268
Ramazon – nafaqat ibodat, Allohning ajru savoblariga erishish, balki xayru saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir.
Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi kunlarida yurtimiz mahallalarida kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar, nuroniylar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari Rishton tumani mahallalarida ham tashkil etilmoqda.
Xususan bugun "Shinam" to‘yxonasida 4-sektor hududidagi "Zarariq”, “Xo‘ja Ilg‘or” hamda “Minor” mahallasida yashovchi 300 nafardan ziyod kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan, shuningdek, “Temir daftari”dagi fuqarolar uchun tuman hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan iftorlik dasturxoni yozildi.
To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan nuroniy otaxonu onaxonlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga qut-baraka, shunday ehsonlarga bosh-qosh bo‘lib turgan barcha rahbarlar ishlariga rivoj tilab, duo qilishdi.
Iftorlik tadbirida tuman hokimi hamda sektor rahbarlari qatnashdilar.
Bu kabi iftorliklar tamandagi har bir mahallalarda davom etadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi