Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
50
6
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2122025-05-01 18:06

Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida mahalla raisi saylovi uyushqoqlik bilan bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari tug'risida”-gi Qonuniga muvofiq Respublikamizda bugundan mahalla fuqarolari yig'inlari raislarining sayloviga rasman start berildi. So'x tumanida ham ushbu siyosiy jarayonga munosib tayyorgarlik ko'rildi va bugun Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini fuqarolari munosib nomzodga ovoz berishdi.

4-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tgan tadbirda mahalla fuqarolari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar va birinchi marotaba ovoz beradigan saylovchilar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida ishtirokchilarga ushbu siyosiy jarayonning fuqarolarimiz hayotidagi o'rni haqida ma'lumot berildi va saylovning ahamiyati, huquqiy demokratik jamiyat qurishdagi mavqei haqida so'z yuritishdi.

Mazkur mahalladan fuqarolar yig'ini raisligiga uch nafar nomzod ko'rsatildi. Tadbirning rasmiy qismidan so'ng ovoz berish jarayoni boshlandi.

Saylovchilar orasidan tanlab olingan sanoq komissiyasi ishtirokida saylov byulletenlari sanab chiqildi. Saylov natijalariga ko'ra, Sarikanda mahalla raisligiga amaldagi fuqarolar yig'ini raisi Bahodirjon Safoyevning nomzodi ko'p ovoz olishga muvaffaq bo'ldi va navbatdagi 5 yilga Bahodirjon Safoyev Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini raisi etib saylandi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz