Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar doim e’tiborda

×

 2024-04-09 16:22:55    176

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida 1 nafar uy-joyga muhtoj deb topilgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga uy-joylar topshirildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Rishton tumani hokimligi xamda Inson ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan 1 nafar uy-joyga muhtoj deb topilgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga Rishton tumanidan 1 ta zamonaviy, to‘liq jihozlangan uy-joylarning ramziy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali tadbirda tuman hokimi Bahodir Xoliqov, sektor rahbarlari, Nuroniy jamg‘armasi raisi T. Abdurahmonov, tegishli idoralarning mas’ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 
Tuman hokimi yangi uy-joy egasini muborak etib, kelajakda Vatan ravnaqi va rivojiga munosib xissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib kamol topishlariga tilak bildirdi. 
O‘z navbatida uy-joy olgan Nilufar Safina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevga chin yetimlarga qilingan e’tibori uchun hamda shunday uy-joylarni olib berishga o‘z xissalarini qo‘shgan barcha-barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab