Uyratliklarga bayram tuhfasi

×

 2023-03-30 13:14:27    304

PDF yuklash
Chop etish


✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12-13-may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar bo‘yicha yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizning eng olis hududidagi “Uyrat” MFYdagi 44-sonli oilaviy poliklinikasi ochildi.
44-sonli OP  O‘yrat, Dasht tegirmon, Chuburgon, Ko‘rgoncha,  Pandigan va Dasht Pandigan MFYlari xududida yashovchi 21000 nafardan ortiq aholiga hizmat ko‘rsatadi. 44-sonli OP binosi Respublika byudjeti mablag‘i xisobidan 4 mlrd so‘mdan mablag‘ hisobiga to‘liq yangitdan qurildi.“Adolat Ko‘mak Biznes” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borildi.Bu yerda nafaqat kelib-ketuvchilar, balki faoliyat olib boradigan 96 nafardan ziyod tibbiyot xodimlarining samarali ish yuritishlari uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mahalla ahliga jarrox, akusher ginekolog, oila shifokori va stomatolog kabi tor soha shifokorlari tomonidan malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishi bilan bir qatorda laboratoriya xizmati, ijtimoiy dorixona hamda stasionar davolanish uchun 10 o‘rinli kunduzgi shifoxona ham tashkil etildi. Barcha xonalarga zarur mebellar to‘liq ta’minlandi.
✍️Shifo maskanining ochilish tadbirida tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etishib, bu yerda jam bo‘lgan tibbiyot xodimlari, jamoatchilik va aholi vakillarini tibbiyot maskani ochilishi bilan tabriklashdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab