RASMIY MUNOSABAT

 2023-03-28 14:00:24    252

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Arslonova Mavlyuda tomonidan qilingan videomurojaat yuzasidan Rishton tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi. Rishton tuman hokimining 25.12.2019 yildagi №7028-sonli qarori bilan T.Axmedov MMTP xududidagi Boltaboyeva Naimaxon rahbarlik qilgan “Oyshabegim uzum bog‘lari” fermer xo‘jaligi yer maydonlari tuman zaxirasiga olingan. Rishton tuman hokimining 28.02.2020 yildagi №279-sonli qaroriga asosan tanlov g‘olibi Doniyor Nishonovga sabzavotchilik yo‘nalishida faoliyat yuritish uchun T.Ahmedov MMTP hududidagi Boltaboyeva Naimaxon rahbarlik qilgan “Oyshabegim uzum bog‘lari” nomli fermer xo‘jaligidan tuman zaxirasiga qaytarilgan 76-konturdagi 8.56 gektar yermaydonlari 49 yil muddatga ijarada foydalanish uchun ajratib berilgan. 
Nishonov Doniyor “MUXAMMADAMIN OTA BARAKALI ZAMINI” fermer xo‘jaligini 02.03.2020 yilda №821990-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.  23.02.2022 yil kuni Rishton tuman prokuraturasi tomonidan tuman hokimining 25.12.2019 yildagi №7028-sonli T.Axmedov MMTP xududidagi Boltaboyeva Naimaxon rahbarlik qilgan “Oyshabegim uzum bog‘lari” fermer xo‘jaligi yer maydonlari tuman zaxirasiga olish xaqidagi qaroriga protest kiritilgan. 
Rishton tuman hokimining 14.03.2023 yil kungi №94-11-158-Q/22- sonli qarori bilan tuman hokimining 25.12.2019 yildagi №7028-sonli qarori bekor qilingan.
 “MUXAMMADAMIN OTA BARAKALI ZAMINI” fermer xo‘jaligi Rishton tuman hokimining 14.03.2022 yildagi №94-11-158-Q/22- sonli qarorini xaqiqiy emas deb topish xaqida Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudiga ariza bilan murojaat qilgan.Sud arizani mazmunan ko‘rib chiqib 23.09.2022 yil kungi hal qiluv qarori bilan ariza qisman qanoatlantirilib, Rishton tuman hokimining  14.03.2022 yildagi №94-11-158-Q/22- sonli qarorini “MUXAMMADAMIN OTA BARAKALI ZAMINI” fermer xo‘jaligiga tegishli qismi xaqiqiy emas deb topildi.
Sudning mazkur qaroridan uchinchi shaxs N.Boltaboyeva norozi bo‘lib apellyasiya tartibida shikoyat taqdim etgan. Apellyasiya shikoyati Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilib 13.12.2022 yil kungi qaroriga asosan apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmasdan, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining 23.09.2022 yildagi xal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Tartib tamoyilga ko‘ra tumanlararo sudining qaroriga apellyasiya shikoyati kiritilganda, apellyasiya instansiyasi qarori bilan tumanlararo sudining qarori o‘zgarishsiz qoldirilsa darhol ijroga qaratiladi. Agar kassasiya shikoyati kiritilib, sudning ijroni vaqtincha to‘xtatib turishlik xaqida ajrimi mavjud bo‘lmasa, tumanlararo sudining qarori qonuniy ijroga qaratiladi.
Hozirda mazkur nizo bo‘yicha ijroni vaqtincha to‘xtatib turishlik xaqida sudning ajrimi mavjud emas.Shunga ko‘ra “MUXAMMADAMIN OTA BARAKALI ZAMINI” sabzavotchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi o‘ziga tegishli yer maydoniga tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan rejalashtirilgan mahsulotlarni ekishi lozim bo‘lsa-da, N.Boltaboyeva tomonidan noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan anor ko‘chatlari hamda ular orasiga boshoqli don bug‘doy ekini ekib olgan. 
“MUXAMMADAMIN OTA BARAKALI ZAMINI” sabzavotchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi rahbari D.Nishonov ushbu holat bo‘yicha bir necha bor yer maydonini bo‘shatib qo‘yishlik xaqida M.Arslonovani ogohlantirishiga qaramasdan shu kunga qadar M.Arslonova yer maydonini bo‘shatib bermagan.Shundan so‘ng, D.Nishonov rejalashtirilgan sabzavot ekinlari sholi hamda poliz ekiniga yerni tayyorlash maqsadida ushbu 76 konturda bahorgi shudgor agrotexnik tadbirini amalga oshirgan.
Bu holatda “MUXAMMADAMIN OTA BARAKALI ZAMINI” fermer xo‘jaligi raxbari Nishonov Doniyorning noqonuniy xarakatlari mavjud emas. Aksincha Arslonova Mavluda o‘ziga umuman tegishli bo‘lmagan yer maydoniga noqonuniy tarzda egallab olgani holda o‘zboshimchalik bilan yerdan foydalanishi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 60-moddasida ko‘rsatilgan xuquqbuzarlikni sodir etmoqda. Va shu bilan birga “MUXAMMADAMIN OTA BARAKALI ZAMINI” fermer xo‘jaligi xuquq va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazayotganini ma’lum qilamiz.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab