Islohotlar amalda: "Gumbaz" MFYning ichki yo‘llari ravon bo‘ldi

×

 2023-03-28 09:35:40    241

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida mahallalar yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar navbati "Gumbaz" mahalla fuqarolar yig‘iniga yetib keldi.
Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida hududdagi 750 metr masofadagi ichki yo‘llar ta’mirlanib, asfaltlandi.
Ko‘pdan buyon ta’mirtalab bo‘lgan yo‘llarning bunday ravon va ko‘rkam tus olayotganidan mahallaning yoshu qarisi birdek xursand. 
Manzilli davlat dasturlari asosida tuman mahallalari infratuzilmasini yaxshilash va aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlar joylarda qizg‘in davom etmoqda.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab