Mahallalarga bepul kitoblar to‘plami tarqatildi

×

 2023-02-16 11:48:46    244

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida aholi, jumladan, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobxonlik va kitob mutolaasiga keng jalb etish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi “Ziyo” maskanlari uchun kitoblar to‘plami tarqatildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati boshqaruvi tomonidan amalga oshirilayotgan “Har bir mahallaga bepul kitob” aksiyasi doirasida, tumanda mavjud 71 ta mahallalarga  35 turdagi badiiy va ilmiy kitoblar bepul tarqatildi. Shuningdek “Abdullaboyon” mahallasida tashkil etilgan kutubxonaga tashrif buyurishib, kutubxonaga 45 turdagi badiiy va ilmiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan mazkur aksiyada yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan, ta’lim-tarbiyaga oid kitoblar, o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari bepul yetkazib berilmoqda.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab