Rishton tumanining statistika koʼrsatkichlari

 2023-02-02 08:57:16    201

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotiga koʼra, 2022 yil yakuniga koʼra, Rishton tumanida qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligi sohasida 92 ta sanoat korxonalari roʼyxatdan oʼtgan boʼlib ulardan 81 tasi faoliyat koʼrsatmoqda va 23 ta korxona yangi tashkil etildi. Dastlabki maʼlumotlarga koʼra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 2 483,2 mlrd. soʼmni yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 102,1 %ni tashkil etdi. 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida dehqonchilik mahsulotlaridan 74 626,6 tonna don, 152 733,5 tonna sabzavot, 16 242,5 tonna kartoshka, 12 423,1 tonna poliz, 30 091,6 tonna meva, 4 983,1 tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan tirik vaznda 9 775,6 tonna goʼsht, 64 271,8 tonna sut, 22 777,2 ming dona tuxum, 347,3 tonna baliq ovlangan, 65 242 ta bosh yirik shoxli qoramol, sigirlarning umumiy bosh soni 23 079 mingtaga, qoʼy va echkilarning umumiy bosh soni 53 744 mingtaga, otlarning umumiy bosh soni 387 taga, parrandalarning umumiy bosh soni esa 350 520 taga yetdi.Bundan tashqari, Rishton tumanida 2023 yil 1yanvar holatiga doimiy aholi soni 212283 kishini tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan oʼsish surʼati 101,9 %ni tashkil etdi. Jumladan, shahar aholisi soni 135600 kishini, qishloq aholisi soni esa 76683 kishini tashkil etdi. Shu bilan birga jami aholining 107956 kishi erkaklarni, 104327 kishini ayollar tashkil etmoqda. Bundan tashqari jami viloyatda tugʼilganlar soni 5056 kishi, oʼlganlar soni 900 kishi, nikohlar soni 1966 kishi , nikohdan ajrimlar soni 346 birlik, tumanga koʼchib kelgan soni 207 kishi, koʼchib ketganlar soni 441 kishini tashkil etdi. Rishton tumanida 2023 yil 1 yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga oʼrtacha 691,5 kishi toʼgʼri kelgan. 

Oʼktamjon Teshaboev,
Rishton tumani statistika boʼlimi boshligʼi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab