Hokim oʼrinbosari bilan suhbat

 2022-12-12 08:41:52    198

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz viloyatda eng koʼp paxta yetishtiradigan tumanlardan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda tumanda klasterchilik tizimiga eʼtibor qaratilmoqda. Chekka hududlarda ilgari gektariga 10-15 sentnerdan paxta bergan yerlar klaster ixtiyoriga oʼtgach, gektaridan 30 sentnerdan hosil yigʼib olinmoqda. Аmmo shuning oʼzi yetarlimi? Paxta hosildorligi oshgani yaxshi, ammo oziq-ovqat xavfsizligi, meva-sabzavot yetishtirish va boshqa masalalar nima boʼladi? Rishton tumani hokimi oʼrinbosari Nodirjon Mahmudov bilan suhbatimiz shu mavzuda boʼldi.

— Tumanimizda ayrim yerlardan gektariga 10-15 sentnerdan paxta olinardi. «Rusoʼzbekteks» klasteri ixtiyoriga shunday yerlardan 343,8 gektar ajratib berdik. Hozirda hosildorlik gektariga 40 sentnerga yetgan, — deydi mutasaddi tumanda olib borilayotgan ishlar haqida gapirarkan.
— Shuning oʼzi yetarli, deb oʼylaysizmi? Yaxshi bilamiz, paxta yetishtirishda hatto 30 sentner hosildorlik ham yetarli hisoblanmaydi. Yer hamon zarariga ishlayotgan boʼlib chiqmaydimi?
— Bu oʼtgan yilgi raqamlar. Bu yil 90 dan ortiq fermer xoʼjaliklari 40 sentnerdan ortiq hosil koʼtarishga erishdi. Qanday qilib hosildorlik bu qadar keskin koʼtarildi? Klaster tomonidan barcha ishga ilmiy yondoshilmoqda - yerning tarkibi oʼrganilgan, kerakli oʼgʼit va mineral qoʼshimchalar yetkazib berilmoqda. Natijada hosil ham shunga yarasha boʼlyapti. Bundan tashqari, fermerlarimizning oʼzlari ham tinimsiz mehnat qilishmoqda. Аgrotexnik tadbirlarini vaqtida va samarali oʼtkazishmoqda. 
— Bular yaxshi albatta. Аmmo nima uchun oʼsha yerda meva-sabzavot yetishtirish mumkin emas? Аxir gʼalla va paxta yetishtirishda rentabelligi past boʼlgan yerlarni meva-sabzavotga yoʼnaltirish orqali koʼproq daromad olgan maʼqul emasmi?
— Fikringizda jon bor. Аmmo tumanda yaqin-yaqingacha sugʼoriladigan yerlarni ham fermerlar osongina tashlab ketayotgan edi. Salgina muammo boʼlsa, «ol yeringni» derdi. Oxirgi yillarda davlat tomonidan berilayotgan eʼtibor tufayli vaziyat ijobiy tomonga oʼzgardi. Siz aytgandek, meva-sabzavotga yoʼnaltirilgan hududlar ham bor. Bundan tashqari, fermerlar bugʼdoydan boʼshagan yerlarda sabzavot yetishtirishmoqda. 
Bugungi kunda tumanimizda 232 ta gʼalla va paxtachilik fermer xoʼjaligi mavjud boʼlib, ulardan 156 nafar fermer xoʼjaliklari joriy mavsumda paxta sotish rejasini ortigʼi bilan bajardi. Bundan tashqari, gʼallachilikda ham yuqori hosildorlikka erishildi. Tumanda 3 ta gʼalla klasterlari bular «Qahramon», “Roshidon Davroni” va “Shukur Hikmat” SX faoliyat yuritmoqda. Tumanimizda gʼallachilikning rivojlantirish borasida “Qahramon” va “Roshidon Davroni” gʼalla klasterining salmoqli hissasi bor.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab