Har bir murojaat hokim nazoratida

×

 2022-11-17 15:42:20    302

PDF yuklash
Chop etish


✍️Bugun Xalq qabulxonasida tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi. Qabul jarayonida sektor rahbarlari ham qatnashib, fuqarolarning muammolarini tingladilar. ✍️ Qabulda fuqarolarning har bir murojaati alohida nazoratga olinib, ularni hal etish choralari koʼrildi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joyga ega boʼlish, moddiy yordam, uy-joy taʼmiri boʼyicha, ishga joylashish va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. ✍️ Qabulda 25 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan 8 nafarining masalasi ijobiy hal etildi. 11 ta masala yuzasidan huquqiy maslahat berilib, 6 ta masala ijroga qaratildi. ✍️ Qabul davomida muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga qatʼiy topshiriqlar berildi. Taʼkidlanganidek, har bir murojaat asoslicha oʼrganib chiqiladi va qonuniy yoʼl bilan yechimini topadi. Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab