TАSНАBBUSKOR MАHАLLА RАISI

×

 2022-09-27 08:44:24    343

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil mamlakatimizda mahalla tizimi faoliyatini rivojlantirish, uni odamlarning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaqindan biladigan tuzilmaga aylantirishda tub burilishlar davri boʼldi.
Oʼtgan qisqa davr mobaynida sohaning tashkiliy-huquqiy asoslari yanada mustahkamlanib bordi. Oilalarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, tizimga yangi ish uslublarini keng tatbiq etish, mahalla tizimiga aholi muammolari bilan ishlash uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish uchun unga yaqindan koʼmak- lashish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Аlbatta, bu vazifalarni amalga oshirishda mahalla raislariga ham katta masʼuliyat yuklangan. Shuning uchun bugungi mahalla raisi topqir, harakatchan, eng asosiysi unda egalik hissi kuchli boʼlishi kerak. Raisda mahallasiga egalik hissi boʼlsagina xalq bilan davlat oʼrtasidagi koʼprik, odamlarning quvonch va tashvishlari, muammolariga yechim topadigan, dardini, taklifini aytadigan, tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlaydigan boʼladi. 
Mahalla - jamiyatning “jon tomiri”ga aylandi. Mahalla hayotining barqarorligida, odamlarning davlatdan rozi boʼlib yashashida mahalla raisining tajribasi va bilimi muhimdir. Rais jonkuyar boʼlsa, oʼsha mahalla bogʼu boʼstonga aylanadi. 
Аholi turmushiga fayzu baraka kiradi. Buni “Qoshqayron” MFY raisi Dilmurod Hamraev misolida koʼrish mumkin. U qisqa fursat ichida mahalladoshlarining mehrini qozonishga ulgurdi. Oʼzining mehnatsevarligi tufayli aholi murojaatlarini ijobiy hal etishga harakat qilmoqda.

- Xalq ishonchi zimmamga katta masʼuliyat yuklaydi, - dedi Dilmurod Hamraev. - Bir necha yil davlat tashkilotlarida xizmat qildim. Qoʼni-qoʼshni, uyimizdagi xonadonlar bilan ishlash jarayonida asta-sekin mahalla tuzilmasi bilan yaqindan tanishdim. Mahallamiz, aholisining muammolarini oʼrgandim. Oʼz faoliyatimda bu muammolarni hal etishga, odamlarning oʼz hayotidan rozi boʼlib yashashiga harakat qilaman. Zero, bugungi islohotlarning bosh maqsadi ham aslida - shu.
MFY raisi D.Hamraev oʼz tashabbusi bilan katta masʼuliyatni boʼyniga olgan holda “Ochiq byudjet” portaliga hududida elektr tarmogʼini yaxshilash uchun loyiha kiritdi. Ushbu loyihada gʼolib boʼlish uchun butun Qoshqayron xalqi raisning atrofiga birlashdi. Bir oy davomida qilingan tinimsiz mehnat oʼz samarasini berdi. Loyiha gʼolib deb topildi. Fuqarolar tashabbuskor raisga tahsinlar aytishmoqda. 

Аbror DEHQONOV.
"Rishton haqiqati" gazetasidan olindi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab