Tashabbusli byudjet: 32-umumiy oʼrta taʼlim maktabidagi 425 million soʼmlik ishlar bajarildi
2022-08-30 05:58:22 345
Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!
✍️ Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida aholini byudjet mablagʼlarini taqsimlash jarayoniga jalb etish hamda aholi va mahalliy hokimiyat organlari oʼrtasida konstruktiv muloqot oʼrnatish va ochiq maydonchalarni tashkil etish orqali ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi ishtirokini faollashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu fuqarolar manfaati va jamoatchilik nazoratining taʼsirchan mexanizmlari asosida byudjet mablagʼlaridan samarali foydalanish vositasidir.
✍️ Аholi Openbudget.uz platformasi orqali mahallasi, aholi punkti va tumanidagi u yoki bu ijtimoiy muammoni hal etish boʼyicha oʼz takliflarini faol bildirmoqda. Eng koʼp ovoz olgan tashabbuslar moliyalashtirilib, aholi muammolarining manzilli yechim topishiga xizmat qilmoqda. Muhimi aholi byudjet taqsimotida ishtirok etib, oʼzi yashayotgan hududdagi muammoni hal etish imkoniyati yaratildi.
✍️ “Ochiq byudjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2022 yil aprelь oyida Rishton tumani boʼyicha jami 5 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablari tomonidan taqdim etilgan loyihalar gʼolib deb topilgan edi.
✍️ Xususan, Tashabbusli byudjet (open byudjet) dasturi boʼyicha 32- umumiy oʼrta taʼlim maktabida ham ishlar bajarildi. Xususan, 373 mln soʼm mablagʼ evaziga devor va issiqlik tizimi yangilandi hamda 52 mln. soʼm mablagʼ evaziga fasad qismini taʼmirlandi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi