KULOLCНLIK MАHSULOTLАRI GERMАNIYАGА JOʼNАTILMOQDА
2022-08-29 06:33:29 321
Yangi Oʼzbekiston - yangi imkoniyatlar
Rishton kulolchiligi kun sayin dunyo mamlakatlarini zabt etib bormoqda. Bugungi kunda kulolchilik mahsulotlari dunyoning koʼplab mamlakatlari bozorlarida sotilayotgani soʼzimizga isbot boʼla oladi.
Rishtondan chetga eksport qilinayotgan mahsulotlar viloyatning salmoqli qismini tashkil qilayotgani ham bu yurt yoshlarining gʼayrat – shishoatlari oshganidan darak beradi. Birgina “Mingboshi keramik” oilaviy korxonasining oʼzi АQSh, Rossiya va qoʼshni mamlakatlarga Rishton kulolchilik mahsulotlarini eksport qilmoqda.
Bundan bir necha yil oldin Rishton kulolchilik mahsulotlari Germaniya bozorida sotiladi, desak ishonarmidingiz? Bunga koʼpchilik ishonmas edi. Bugungi kunda mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar natijasida Rishton kulolchiligi Germaniyani zabt etish arafasida turibdi.
“Mingboshi keramik” oilaviy korxonasi rahbari Shokirjon Аhmadjonovning maʼlum qilishicha, ushbu korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar Germaniyaga joʼnatildi. – Prezidenitimizdan davlat mukofotini olganim menga yanada ilhom bagʼishlamoqda. Takror aytishdan charchamayman, maqsadimiz eksport geografiyasini kengaytirish, Rishton kulolchiligini butun dunyo tanitish. Bu borada tinimiz izlanishdamiz. Mana bugun mahsulotlarimiz Germaniyaga joʼnatilmoqda. Bu yerga nafaqat milliy mahsulotimiz balki bizning urf-odatimiz, madaniyatimiz ham kirib bormoqda. Umid qilamizki, germaniyalik tadbirkorlar bilan ham yaqin orada shartnoma imzolaymiz.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi