Qoʼsha qarish saodati

×

 2022-08-20 13:10:08    322

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz”

✍️ Rishton tumanida “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” gʼoya asosida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʼishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuv, muloqotlar, bayram dasturlari boʼlib oʼtmoqda.

✍️ Bayram arafasida yoshi ulugʼ keksalar, nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash, ularning ibrat maktabini keng targʼib etish maqsadida ham xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

✍️ Аna shunday tadbirlardan biri “Qoʼsha qarish saodati” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar tuman hokimligi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi va Nuroniylar jamoatchilik kengashi hamda mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi tomonidan joylarda koʼtarinki kayfiyatda tashkillanmoqda.  

✍️ Ezgu loyiha doirasida tuman hokimi Sufhonjon Soliev, tuman prokurori Rustam Mamadaliev, tuman IIB boshligʼi Hojiakbar Toshpoʼlatov va tuman DSI boshligʼi Dilshod Rahimov hamrohligida tumanning “Oq-er” mahallasida istiqomat qiladigan ana shunday ibratli oila sohiblari – Moʼydinjon ota va Oʼgʼilchaxon Solievlar xonadonida boʼldi. 

✍️ 66 yildan buyon birgalikda umrguzaronlik qilib kelayotgan Moʼydinjon ota hamda Oʼgʼilchaxon ona ibratli hayot yoʼllari, farzandlar tarbiyasi bilan mahalla va tumanda hurmat-obroʼga ega.

✍️ Qishloq xoʼjaligi, chorvachilik va boshqa sohalarda uzoq yillar samarali mehnat qilgan, piri badavlat otaxon-onaxon bugun 7 nafar farzand, 25 nabira va 42 chevara izzat-ikromida baxtli hayot kechirib, keksalik gashtini surmoqdalar. 

✍️ Yoʼqlov davomida tuman mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi rahbari oʼrinbosari T.Аbdurahmonov va boshqa rahbarlar xonadon sohiblariga ana shunday uzoq yillik ibratli faoliyati va turmushi uchun minnatdorchilik bildirib, tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovgʼalarini topshirdi. 
– Maqsadimiz, eng avvalo, siz aziz keksalarimizning koʼnglini olishdan iborat dedi, –tuman mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi rahbari oʼrinbosari T.Аbdurahmonov. – Shuningdek, bu kabi uchrashuv va madaniy-maʼrifiy tadbirlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Sizlarning qimmatli oʼgitlaringiz, ibratli hayot yoʼllaringiz yoshlar ong-shuurida qoʼsha qarish saodati naqadar aziz tuygʼu ekani haqidagi tushunchalarni shakllantiradi. 

✍️ Otaxon va onaxon ham oʼz xayotiy tajribalari, erishgan muvaffaqiyatlari, saodatli oila sirlari haqida barchaga soʼzlab berishdi. 

✍️ Ulugʼ ayyom arafasida oilalar, keksalarni eʼzozlash, ularning ibratli turmush tarzini targʼib qilishga qaratilgan tadbirlar mahallalarda davom etmoqda.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab