Qoʼsha qarish baxti nasib etganlar

×

 2022-08-20 13:06:51    328

PDF yuklash
Chop etish


✍️ Rishton tumanida “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” gʼoya asosida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʼishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuv, muloqotlar, bayram dasturlari boʼlib oʼtmoqda.

✍️ Bayram arafasida yoshi ulugʼ keksalar, nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash, ularning ibrat maktabini keng targʼib etish maqsadida ham xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Аna shunday tadbirlardan biri “Qoʼsha qarish saodati” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar tuman hokimligi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi va Nuroniylar jamoatchilik kengashi hamda mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi tomonidan joylarda koʼtarinki kayfiyatda tashkillanmoqda.

✍️ Ezgu loyiha doirasida tuman hokimi Sufhonjon Soliev, tuman prokurori Rustam Madaliev, tuman IIB boshligʼi Hojiakbar Toshpoʼlatov va tuman DSI boshligʼi Dilshod Rahimov hamrohligida tumanning “Qoshqayron” mahallasida istiqomat qiladigan ana shunday ibratli oila sohiblari – Maxsutali ota Аhmadjonov va u kishining umr yoʼldoshi Bisokina Аhmadjonova xonadonida boʼldi.

✍️ Oila azal-azaldan muqaddas qoʼrgʼon sanalgan. Inson oilada dunyoga keladi, ulgʼayib kamol topadi. Eng avvalo oila mustahkam, tinch boʼlsa jamiyat barqaror boʼladi. Unib oʼsayotgan farzandlar har tomonlama barkamol boʼlishiga imkon yaratiladi.

✍️ Rishton tumanining "Qoshqayron" mahallasida istiqomat qiluvchi Maxsutali ota Аhmadjonov va u kishining umr yoʼldoshi Bisokina Аhmadjonovalar 66 yildirki tinch va totuv yashab qoʼsha qariganlardan. Ular bugun nafaqat mahallada, balki tumanimizning namunali oilalari sirasidan joy olgan.

✍️38 yil davomida tumandagi 11-umumiy oʼrta taʼlim maktabida mehnat qilgan, piri badavlat otaxon va uning turmush oʼrtogʼi bugun 8 nafar farzand, 25 nabira va 25 chevara izzat-ikromida baxtli hayot kechirib, keksalik gashtini surmoqdalar.

✍️ Maxsutali ota va Bisokina ayalar ozod va obod Vatanimizdagi beqiyos oʼzgarishlarni butun vujudi bilan his etib, har qadamda farovon turmushga shukronalar aytib yashayotgan keksalardan.

✍️ Tadbirda soʼzga chiqqan tuman hokimi bu nuroniylarimizning ibratga toʼla hayoti yoshlarimiz uchun maktab vazifasini oʼtashini aytib, bu kabi qoʼsha qarish baxtiga muyassar boʼlgan oilalarni aholiga namuna qilib koʼrsatish lozimligini taʼkidladi.

✍️ Yoʼqlov davomida tuman mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi rahbari oʼrinbosari T.Аbdurahmonov va boshqa rahbarlar xonadon sohiblariga ana shunday uzoq yillik ibratli faoliyati va turmushi uchun minnatdorchilik bildirib, tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovgʼalarini topshirdi. 

✍️ Uchrashuv davomida otaxon va onaxon oʼz xayotiy tajribalari, erishgan muvaffaqiyatlari, saodatli oila sirlari haqida barchaga soʼzlab berishdi. Nuroniylarimizning oila tinchligi, totuvligi, qoʼsha qarish sirlariga oid hikoyalari yoshlar uchun hayot maktabi vazifasini oʼtashi tayin.

✍️Ulugʼ ayyom arafasida oilalar, keksalarni eʼzozlash, ularning ibratli turmush tarzini targʼib qilishga qaratilgan tadbirlar mahallalarda davom etmoqda.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 115 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab