Mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlashda oʼzaro hamkorlik kuchaytiriladi

×

 2022-08-17 13:17:09    313

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumani oila va xotin-qizlar boʼlimi tomonidan Dorulomon MFYda amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda tuman hokimi S.Soliev, hokim oʼrinbosari-Oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi M.Bekmirzaeva ishtirok etdi.
Аmaliy seminar davomida 71 ta MFYning xotin-qizlar faollari va OP xodimlari ishtirok etib, MFYdagi mavjud 5ta koʼchada istiqomat qilayotan oilalarga xonadonbay kirishgan xolda, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan oʼrganish ishlarini oʼtkazdilar. Oʼrganishlar jarayonida MFYdagi yosh oilalar, nizoli oilalar, namunali oilalar va muammolari mavjud oilalar oʼrganilib, xotin-qizlar faoli, patronaj hamshira va targʼibot guruhi aʼzolari hamkorligida tibbiy va huquqiy maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, xonadonbay oʼtkazilgan oʼrganish jarayonlarda aholiga huquqiy maʼlumot berilib, mahalladagi ozodalik, sogʼlom turmush tarziga rioya etilishi va obodonlashtirish ishlariga befarq boʼlmasliklari yuzasidan targʼibot ishlari ham olib borildi. 
Seminar davomida xotin-qizlar bilan ishlashda hamkor tashkilotlar bilan ishlarni tashkil etish, ayollar muammolari bilan manzilli ishlagan holda ularni hal etish boʼyicha amaliy ishlarni yoʼlga qoʼyish boʼyicha tushuntirishlar berildi.
Masʼullarning bu borada yoʼlga qoʼygan amaliyotlari va amalga oshirayotgan ishlari xususidagi axborotlari tinglanib, hamkorlikni samarali yoʼlga qoʼyish boʼyicha tavsiya va takliflar bildirilib, ularni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab