Pandigon mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

×

 2022-08-17 05:51:55    360

PDF yuklash
Chop etish



♻️Tumanimizdagi har bir mahalla olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, bir-biridan goʼzal, muhtasham binolarni koʼrib koʼz quvonadi.Eng ulugʼ, eng aziz bayram arafasida tumanimizda keng koʼlamli obodlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

♻️"Pandigon" mahallasi fuqarolari ham bu borada jonbozlik koʼrsatishmoqda. Mahalla ahli oʼz hududlarini tozalab, yoʼlaklari taʼmirlanib, fasadlari boʼyashmoqda.Eng muhimi, shu paytgacha doimiy ravishda aholining eʼtirozlariga sabab boʼlib kelayotgan mahalla ichki koʼchalari aholi uchun qulay boʼlgan betonlar bilan qoplandi. 

-Mahallamiz tamoman yangi qiyofa kasb etib, chinakamiga obod mahallaga aylanmoqda, buning uchun, albatta, aholimiz nomidan, avvalo, davlatimiz rahbariga, qolaversa, barcha obodonlashtirish ishlarini tizimli va sifatli amalga oshirayotgan tuman hokimi va barcha tegishli tashkilotlar masʼullariga, issiq kunlarda ham tinimsiz mehnat qilayotgan barcha ishchilarimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman, deydi MFY raisi Maxsitali Mahkamov.

♻️Аholi turmush farovonligini oshirib, xalqni rozi qilish yoʼlida olib borilayotgan bunday xayrli tadbirlar boshqa mahallalarda ham amalga oshirilmoqda va tumanimizning barcha mahallalari obod maskanlarga aylanadi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab