MАHАLLАDАGI TIBBIY XIZMАTDАN АHOLI MINNАTDOR

 2022-08-16 16:11:12    248

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz tomonidan aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati samaradorligi va ommabopligini oshirishga qaratilgan yuzdan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi va ular hayotga tadbiq etilmoqda.Jumladan, PF-6110 “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatining mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy qilish va sogʼliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni bilan mahalla va oilada tibbiy xizmatlar koʼrsatishning mutlaqo yangi tizimi tashkil etildi. Tumanimizdagi mavjud oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlaridagi umumiy amaliyot shifokorlari oilaviy shifokorlarga aylantirilib, oilada maqsadli tibbiy xizmat koʼrsatishga moʼljallangan tibbiy brigadalar tashkil etildi. Ularning soni hozirgi kunda 102 tadan iborat. Tarkibida oilaviy shifokor, amaliyot patranaj va doya hamshiralardan iborat mazkur brigadalar tomonidan tuman aholisi toʼliq tibbiy xatlov koʼrikdan oʼtkazildi va ular salomatlik darajasiga qarab sogʼlom (tayanch), passiv, oʼrta va yuqori xavf guruhlariga ajratildi. Bu xatlov bizga mahalla, oiladagi maqsadli tibbiy xizmatni tashkil etish yoʼl xaritasini tuzishga imkon berdi.Tayanch (sogʼlom) guruhdagi aholiga sogʼlom hayot tarzini davom ettirish, yaʼni jismoniy faollik va sogʼlom ovqatlanish, past xavf guruhida kasallik kelib chiqishiga olib keluvchi xavf omillarini bartaraf qilish choralarini koʼrish, oʼrta va yuqori xavf omili boʼlgan bemorlarga brigada tomonidan oilada sogʼlomlashtirish rejalari tuzib, ularga zarur davo muolajalari qilinyapti hamda mavjud xavf omillarini bartaraf qilish maslahatlari berilyapti. Bunda 40 va undan katta yoshdagi aholiga asosiy eʼtiborni qaratib, ayrim yuqumli boʼlmagan yurak-qon tomir, asab, qandli diabed, oʼsma kabi kasalliklar kelib chiqishi ehtimoli boʼlganligi sababli ularni doimiy skriningdan oʼtkazib boryapmiz.Tumanimizdagi birlamchi tibbiy muassasalarning moddiy texnik bazasi yildan-yilga yaxshilanyapti. Birgina shu yilning oʼzida Yoyilma, Qayragʼoch Oilaviy shifokorlik punktlari binosi yangidan qurib bitkazildi. Аmirobod oilaviy shifokorlik punkti mukammal taʼmirlandi. Jalaer qishlogʼida 100-sonli Oilaviy Poliklinika yangidan tashkil etildi va binosi taʼmirlandi. Choʼngʼara qishlogʼida “Zilol” Oilaviy shifokorlik punkti va Oʼyratdagi 44-sonli oilaviy poliklinika binosida yangidan qurilish ishlari boshlandi. Oqtomir hamda Soʼxobod qishloqlarida tibbiy punktlar tashkil etildi.Bu saʼyi harakatlar tufayli ayrim kasalliklarni erta aniqlash va ularni oʼz vaqtida davolashga erishilmoqda. Yuqori xavf guruhi bor bemorlarga xonadonlarida davo muolajalari oʼtkazilishi tufayli ular tibbiy xizmatlardan minnatdor. Sogʼliqni saqlash yoʼnalishlari boʼyicha shikoyatlar kamayishiga erishilmoqda.Fursatdan foydalanib, barcha tumanimiz aholisini mustaqillik bayrami bilan muborakbod etaman va ularga sogʼlik salomatlik tilayman!

Аvazbek USMАNOV,
Rishton tuman tibbiyot
birlashmasi boshligʼi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab