YАNGI OʼZBEKISTON - YАNGI IMKONIYАTLАR DАVRI!

×

 2022-08-13 14:31:31    367

PDF yuklash
Chop etish


Hamkorlik ufqlari!

Bugun Rishton tumani va Rossiyalik tadbirkor Fadus Faxsuddinov boshchiligidagi ishbilarmonlar oʼrtasida kulolchilik hamda savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yoʼlga qoʼyish yuzasidan onlayn uchrashuv tashkil etildi. 
Tadbirda Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliev, tuman hokimi oʼrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo boʼlimi boshligʼi Аbduqahhor Joʼraboev va rossiyalik tadbirkorlar ishtirok etdilar. 
Ushbu onlayn uchrashuv Rishton imidjini ilgari surish va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi. Tadbir koʼtarinki ruhda oʼtkazilib, ishtirokchilar kelgusida ham faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida bunday uchrashuvlarni tez-tez oʼtkazilishini belgilab oldilar.
Uchrashuv yakunida rossiyalik tadbirkorlar sentyabrь oyida Rishton tumaniga tashrif buyurishlari kelishib olindi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab