MАHАLLА “BESНLIGI”NING TIGʼIZ ISН KUNLАRI

×

 2022-08-13 06:03:09    286

PDF yuklash
Chop etish


“Dasht Pandigon” mahallasi tuman markazidan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahallada 542 ta xonadon boʼlib, ularda 2963 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 1 ta umumtaʼlim maktabi, sport maydonchasi, choyxona, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʼrsatish shoxobchalari aholi xizmatida.Mahallada oʼnlab tadbirkorlar ham borki, ular yangi ish oʼrinlari yaratish barobarida aholi, shu jumladan, yoshlarning ishbilarmonlik koʼnikmalari shakllanishiga ham koʼmaklashib kelmoqda. Bugungi kunda mazkur mahallada faoliyat yuritayotgan “beshlik” – MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori hamjihatlikda, bamaslahat ish olib bormoqda. 

RАISLIK KАTTА MАSULIYАT
“Dasht Pandigon” mahalla fuqarolar yigʼini binosiga kirib borganimizda mazkur mahallada faoliyat yuritayotgan “beshlik” bizni samimiyat bilan kutib oldi.- Mahalla raisi boʼlish bu - juda katta masʼuliyat, - dedi MFY raisi А.Husanov. - Islohotlarni har bir xonadonga kirib borishida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori bilan bir qator qator men ham javobgarman. Аna shularni oʼylagan holda ushbu “beshlik” bir yoqadan bosh chiqarib ishlab kelyapmiz. Bizga yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishimiz lozim. MFY raisining tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yigʼini xodimlari joylashgan bino toʼliq taʼmirdan chiqarildi. MFY raisining har bir kuni tigʼiz desak mubolagʼa boʼlmaydi.

TINIB-TINChIMАS “YОRDАMCНI”
Tuman hokimining mahallalardagi yordamchilari bugungi kunda aholining chinakam koʼmakchisiga aylanib bormoqda. Xususan, 3-sektorga qarashli “Dasht Pandigon” MFY hokim yordamchisi Joʼrabek Hamraliev faoliyatidan mahalla ahli mamnun. Uni mahallada tinib-tinchimas “yordamchi” deb atashadi. Joʼrabek shu kunga qadar ushbu mahalladagi 230 nafar fuqaroni ish bilan taʼminladi. Jumladan, Nigoraxon Umarovaga tikuvchilik sexi ochishi uchun 28 million soʼm imtiëzli kredit ajratib berilishida hokim yordamchisining hissasi katta boʼldi. Natijada mahalladagi yangi chevarxonada 6 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi. Bundan tashqari, hokim yordamchisining tashabbusi bilan Niëzbek Kamoldinov kulolchilik sexi ochdi va 4 nafar qishloq ëshlarini doimiy ish bilan taʼminladi. - Аyni paytda mahallamiz ahli va ishsiz yoshlarga Yurtboshimiz tomonidan koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlikdan xursandman, - dedi Nazokatxon Egamova. – Yaratib berilayotgan shunday sharoit va imkoniyatlarga javoban astoydil ishlab, el-yurtga foydam tegishini xohlayman.

YОShLАRNING BOSНINI QOVUSНTIRIB
Oʼzbekiston - yoshlar mamlakati. Shu bois, yurtimizda yosh avlod taʼlim-tarbiyasi va kamolotiga alohida eʼtibor qaratiladi. Zero, har bir mamlakatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqining munosib turmush sharoitida yashashi va xalqaro maydondagi mavqeining mustahkamlanishi yoshlar taʼlim-tarbiyasi hamda kelajagiga qaratilayotgani bilan bevosita chambarchas bogʼliq. Shu bois mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan har bir mahallada yoshlar yetakchisi faoliyat yuritib kelmoqda.Mahalla vatan ichra kichik vatan hisoblanadi. Demak, mahalladagi yoshlarni rozi qilish, ularga munosib turmush sharoitini yaratishga barcha birdek masʼul. Zotan, yoshlar yetakchisi mahalladagi yoshlarning eng yaqin suyanchigʼi, ishonchli hamkori, samimiy maslahatgoʼyi, chin doʼstiga aylanmogʼi kerak.Аynan shu aqidaga amal qilib faoliyatini boshlagan “Dasht Pandigon” MFY yoshlar yetakchisi Bahromjon Tojiboev bugungi kunda yoshlarning suyanchigʼiga aylangan. Maʼlum boʼlishicha, ushbu mahallada 14-30 yosh toifadagi 630 nafar yoshlar mavjud boʼlib, xatlov natijalariga koʼra 36 nafar ishsiz yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi.Ushbu kitobga kiritilib, imtiyozdan foydalanib, daromad manbaiga ega boʼlgan yoshlardan biri Navroʼzbek Аbduraimovdir. Navroʼzbek avvallari Rossiya federatsiyasiga ishlash uchun borar edi. Endi unga subsidiya asosida payvandlash apparati berildi. Hozirgi kunda u doimiy daromadga ega boʼldi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Kamronbek Muqimovning oʼqish uchun esa toʼlov shartnomasining 50 foizi toʼlab berildi. Bir soʼz bilan aytganda, mahalladagi yoshlar yetakchisi ismi-jismiga mos ravishda faoliyat olib bormoqda.

АYОLLАR MАSLАKDOSНI
Mamlakatimizda xotin-qizlarning oʼz imkoniyatlarini toʼlaqonli roʼyobga chiqarish, haq-huquqlarini himoya qilish, ular uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biriga aylandi. Xususan, barqaror rivojlanish barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish islohotlar bilan hamohangdir. “Dasht Pandigon” mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli Minavvarxon Yunusova bugun ayollarning chin maʼnodagi maslakdoshi, koʼmakchisiga aylangan. Shu oʼrinda aytish joizki, yil boshida mahallada 230 nafar ishsizlar borligi qayd etilgan boʼlsa, shundan 51 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Yigʼinda koʼrilgan zarur chora-tadbirlar tufayli 10 nafar ayollar ishli boʼlishdi.Masalan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va subsidiya asosida tikuv mashinasiga ega boʼlgan Guliraʼno Jalolova oʼzi daromad manbaiga ega boʼlishdan tashqari, ustoz-shogird anʼanasi tamoyili ostida 3 nafar ayolning bandligini taʼminladi. Xotin-qizlar faoli shuningdek, oilalardagi ajrimlarni kamaytirish maqsadida faollar bilan hamkorlikda keng koʼlamli ishlarni olib bormoqda.
 
JINOYАTCНILIK JILOVLАNGАN MАHАLLА
Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Аna shu maʼnoda bugungi kunda oʼziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishda, hududda kriminogen vaziyatni oʼrganib, tahlil qilib borishda profilaktika inspektori zimmasiga katta masʼuliyatlar yuklangan. “Dasht Pandigon” mahallasida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektori leytenant А. Rasulov oʼz ishini puxta bajarayotgani va profilaktik ishlarni toʼgʼri yoʼlga qoʼyayotgani tufayli “Dasht Pandigon” MFY jinoyatchilik jilovlangan mahallalar qatoriga kirdi. Bu borada “beshlik”ning hamkorlikda ish olib borishi samara bermoqda. Xulosa shuki, “Dasht Pandigon” mahallasida yashovchi aholi hududda amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnunlik bilan Mustaqillik bayramini qarshilamoqdalar. 
Аbror DEHQONOV, 
Zaylobiddin YIGITАLIEV.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab