Maktabgacha taʼlim qamrovi darajasi 88,1 foizga yetgan Rishton tumanida DMTTlarni taʼmirlash va oʼz egalariga topshirish jarayonlari davom etmoqda

×

 2022-08-10 14:02:25    240

PDF yuklash
Chop etish


Soʼnggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Negaki, maktabgacha taʼlim tizimi uzluksiz taʼlimning birlamchi, eng asosiy boʼgʼini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga koʼra, inson oʼz umri davomida oladigan barcha axborot va maʼlumotning 70 foizini 5 yoshgacha boʼlgan davrda oladi. Аna shu dalilning oʼzi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs boʼlib voyaga yetishida bogʼcha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol koʼrsatib turibdi. 


Bunga qoʼshimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yoʼq. Bogʼcha tarbiyasini olgan bola bilan bogʼchaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi oʼrtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga koʼtarilib, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʼini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bogʼchalar qurish boʼyicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat taʼlim muassasalari, jumladan, nodavlat bogʼchalar tarmogʼini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sogʼlom raqobatni shakllantirish hamda taʼlim xizmatlari turini koʼpaytirishga xizmat qiladi. 


Rishton tumanida hozirgi kunda jami 187 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Tarbiyalanuvchilarni qamrab olish 88,1% ga yetkazildi. Besh yil oldingi davr bilan solishtirganda katta tafovutni koʼrish mumkin. Bugungi kunga qadar tumanimizda koʼplab yangi maktabgacha taʼlim muassasalari foydalanishga topshirildi. Mustaqillik bayrami arafasida Аblullabayon MFY hududidagi 39-DMTTning yangi binosi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 
Umuman olganda, yangi oʼquv yiliga barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼmirlash ishlari yakunlanib tayyor holga keltirildi.Tashkilotlarda "Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.


Rishton tumani hokimligi axborot xizmati


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab