Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yigʼilishida muhim vazifalar muhokama qilindi

×

 2022-07-28 09:33:31    344

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani hokimligida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Unda tuman hokimining tegishli oʼrinbosarlari, tuman prokuraturasi, ichki ishlar boʼlimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyati, mahalla raislari, hudud profilaktika inspektorlari xamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʼilishda asosan, joriy yilning oʼtgan olti oyi davomida tumanda umumiy jinoyatchilik holati, dinamikasi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar masalalari muhokama qilindi. 
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman prokurori va mutasaddilarning axborotlari tinglandi. 
Hisobot davrida tumanda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ushbu xavfli illatlarni keltirib chiqargan sabablari hududlar va mahallalar kesimida batafsil tahlil qilindi.
Jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan belgilangan muhim vazifalarni tegishli masʼul tashkilotlarning mustahkam hamkorligida ogʼishmay ado etish yuzasidan qoʼshimcha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab