Oq yoʼl sizga, bitiruvchilar!

×

 2022-07-15 16:55:40    299

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizdagi professional taʼlim muassasalarini 2021-2022 oʼquv yilida jami 18658 nafar oʼquvchilar tamomlashmoqda. Shundan kasb-hunar maktablarini 8707 nafar, kollejlarni 7707 nafar, texnikumlarni 2244 nafar oʼquvchi bitirib, boshlangʼich professional taʼlim diplomiga ega boʼlishmoqda. Аyni kunlarda professional taʼlim muassasalarida “Oq yoʼl, bitiruvchilar” tadbirlari koʼtarinki kayfiyatda boʼlib oʼtmoqda. Аsosiy eʼtibor esa bitiruvchilarni oʼz yoʼnalishlari boʼyicha munosib ish oʼrinlari bilan taʼminlash, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishlari uchun yetarli sharoit yaratib berishga qaratilmoqda.
Rishton tuman 1-son kasb-hunar maktabida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tantanali tarzda tashkillandi. Tadbirga maktab oʼquvchilari, ularning ota-onalari, nuroniylar, tuman hokimligi vakillari taklif etildi. Shuningdek, bitiruvchilarga oq yoʼl tilash uchun tuman hokimi oʼrinbosari Z. Umarov, tuman IIB boshligʼi X. Tashpoʼlatovlar ham tashrif buyurishdi. 
Bayramona oʼtgan tadbirda bitiruvchilarga turli yoʼnalishlar boʼyicha diplomlar, shuningdek, yuqori koʼrsatkichlarga erishgan va namunali xulqi bilan oʼrnak koʼrsatgan oʼquvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar ham tantanali ravishda topshirildi.
Kasb-hunar maktabida oʼquvchilarning doimiy ishga joylashishlariga katta eʼtibor berildi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 363 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab