“Prokuror kubogi” musobaqasi oʼtkazildi

×

 2022-07-01 09:07:37    363

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish hamda milliy sport turi boʼlgan Kurashni ommalashtirish shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.11.2020 yildagi “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4881-sonli Qarori ijrosi yuzasidan 28-29 iyun kunlari Kurash milliy sport turi boʼyicha “Tuman prokurori kubogi” musobaqasi oʼtkazildi. Oʼtkazilgan ushbu musoboqa xalqaro sport qoidalari asosida amalga oshirilib, jami 165 nafar oʼsmirlar va uyushmagan yoshlarni qamrab oldi. Bulardan, 68 nafari qizlar tashkil etdi. 
Ushbu musobaqalarning ochilish marosimi va final bosqichigacha boʼlgan bellashuvlar tuman BOʼSMga tegishli sport zalida oʼtkazildi. Musobaqaning final bosqichi “Xalqaro kulolchilik markazi”da bayramona ruhda tashkil etilib, musobaqa mehmonlari sifatida sektor rahbarlari va tumandagi barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishlari taʼminlandi.
“Rishton tuman prokurori kubogi” musobaqasi jami boʼlib 12 ta vazn toifasida oʼtkazildi va musobaqa gʼolibi va sovrindorlari tuman prokurori tomonidan medallar, diplomlar va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.
 Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab