Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni kitob bayramiga ulanib ketdi
2022-06-01 17:45:18 399
Oʼzbekistonda har bir farzand mehr-muhabbat, ulkan gʼamxoʼrliklar ogʼushida voyaga yetmoqda.Аna shunday baxtiyor oilalardan biri Qoshqayron mahallasida istiqomat qilayotgan Saidovlar oilasidir. Bugungi bayramni ushbu xonadonda oʼzgacha ruhda qarshi olishdi. Аniqrogʼi, haqiqiy kitobxonlik bayrami boʼldi. - Sogʼlom va maʼnaviy yetuk avlod yurt kelajagi. Bugun diyorimiz tinch, osoiyshta, barchaning yuz koʼzida tabassum, qalbida ona vatanga muhabbat tuygʼusi joʼsh urmoqda. Diyorimizda mana shunday shodiyona va tantanali kunlar koʼpayaversin, halqimiz sogʼ-salomat, osmonimiz musaffo boʼlsin, deydi xonadon sohibasi Oysha opa Saidova. Аdabiyot sehrli ummonga oʼxshaydi, uning mavjlarida koʼplab adibu-shoirlarimiz qalam tebratadi. Ularning samarali mehnatlarining mahsuli, bugungi yoshlarimizning aql idroki va bilim tafakkurida namoyon boʼladi, ushbu ajoyib kun adabiyot shaydolari boʼlgan xonadonda kitob bayramiga ulanib ketdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi