Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni kitob bayramiga ulanib ketdi

×

 2022-06-01 17:45:18    314

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekistonda har bir farzand mehr-muhabbat, ulkan gʼamxoʼrliklar ogʼushida voyaga yetmoqda.Аna shunday baxtiyor oilalardan biri Qoshqayron mahallasida istiqomat qilayotgan Saidovlar oilasidir. Bugungi bayramni ushbu xonadonda oʼzgacha ruhda qarshi olishdi. Аniqrogʼi, haqiqiy kitobxonlik bayrami boʼldi. - Sogʼlom va maʼnaviy yetuk avlod yurt kelajagi. Bugun diyorimiz tinch, osoiyshta, barchaning yuz koʼzida tabassum, qalbida ona vatanga muhabbat tuygʼusi joʼsh urmoqda. Diyorimizda mana shunday shodiyona va tantanali kunlar koʼpayaversin, halqimiz sogʼ-salomat, osmonimiz musaffo boʼlsin, deydi xonadon sohibasi Oysha opa Saidova. Аdabiyot sehrli ummonga oʼxshaydi, uning mavjlarida koʼplab adibu-shoirlarimiz qalam tebratadi. Ularning samarali mehnatlarining mahsuli, bugungi yoshlarimizning aql idroki va bilim tafakkurida namoyon boʼladi, ushbu ajoyib kun adabiyot shaydolari boʼlgan xonadonda kitob bayramiga ulanib ketdi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab