MAHALLADA KUTUBXONA OCHILDI

×

 2023-05-16 08:16:07    152

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.Yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ayni paytda yurtimizning har bir hududida Prezidentimiz belgilab bergan beshta tashabbusni hayotda tatbiq etish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilayotir. Bu borada Rishton tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, A. Navoiy mahallasida yangi kutubxonaning faoliyat boshlagani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.
Kutubxonani tashkil etishdan asosiy maqsad – yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlardan asrab, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otishdan iborat.
Darhaqiqat, kitob ilm manbai, nuru ziyo sarchashmasidir. Kitob odamni dunyoqarashini o‘zgatiribgina qolmasdan, balki uni yangicha qarash, fikrlash va ishlashga, samarali faoliyat yuritishga chorlaydi.
Kitobxonlikka katta ahamiyat berilayotgan jonajon O‘zbekistonimizda kitobsevarlar, kitobxonlar safi yana kengayadi va tashkil etilayotgan har bir kutubxona hammamizni yuksak ma’naviyat sari chorlayveradi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab