TUMАN HOKIMINING TАBRIGI

 2023-01-02 06:52:38    171

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli yurtdoshlar
 Shu kunlarda har birimiz oʼz hayotimizda oʼchmas iz qoldirgan 2022 yil bilan xayrlashib, ezgu qadamlar bilan kirib kelayotgan 2023 yilni koʼtarinki kayfiyat va yaxshi niyatlar bilan qarshi olmoqdamiz.Fursatdan foydalanib, butun tumanimiz ahlini ushbu qutlugʼ ayyom - kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.Darhaqiqat, bugun barchamiz oʼz yakuniga yetayotgan 2022 yilni zoʼr quvonch hamda ezgu taassurotlar bilan kuzatar ekanmiz, "Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili" tumanimiz ahli uchun nihoyatda omadli kelganini, uning zamirida barcha soha vakillarining ulkan xizmatlari mujassamligini mamnuniyat bilan eʼtirof etaman.Аyniqsa, bugun bor kuch va imkoniyatlarimiz yurtimiz taraqqiyotiga safarbar etilgan bir paytda, amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va oqilona siyosat samaradorligi - xalqimiz turmush tarzini yangi bosqichga koʼtarish, aholini ijtimoiy himoya qilish, keksalarimizni qadrlash, eng muhimi, tinchlik-totuvlik, mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan barpo etish jabhalarida yaqqol namoyon boʼlmoqda.Shuni mamnuniyat bilan alohida taʼkid- lash lozimki, ulkan yutuqlarga boy boʼlgan yilda har bir soha boʼyicha ulkan natijalarga erishilib, bunyodkorlik, aholi hayot darajasini yaxshilash va yurt farovonligi yoʼlida muhim ahamiyatga ega boʼlgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirildi.Xalqimizning turmush darajasi yaxshilanib bormoqda. Tumanda joriy yilda koʼplab ijtimoiy soha obʼektlarining qad rostlashi, sanoatning jadal surʼatlar bilan kirib kelayotganligi, tadbirkorlik faoliyatining yanada avj olayotganligi buning yorqin misolidir. Yangi yilda ham ulkan ezgu ishlarni birgalikda davom ettiramiz. Koʼzda tutilgan ushbu ishlarning barcha-barchasi, hech shubhasiz, oʼzining mantiqiy yakuniga yetkaziladi, koʼzlangan maqsadga erishiladi.

Аziz doʼstlar!
Fursatdan foydalanib, yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan Yangi - 2023 yil bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman. Yangi yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin!Buyuk va muqaddas Vatan - jonajon Oʼzbekistonimiz osmoni hamisha musaffo boʼlsin!«Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili» barchamizga omadli kelsin!Yangi yilingiz muborak boʼlsin!

Sufhonjon SOLIEV,
Rishton tumani hokimi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab