XАLQIMIZ SАLOMАTLIGI UCНUN

×

 2022-09-30 05:39:28    232

PDF yuklash
Chop etish



 ⚡️Rishtoni tumani “Oqtomir” mahalla fuqarolar yigʼinidagi qishloq vrachlik punktida chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik oʼtkazilib, unda 2-sektor hududidagi 18 ta mahalla fuqarolar yigʼinida istiqomat qiluvchi 230 nafardan ziyod fuqarolar ishtiroki taʼminlandi. 
????Unda kardiolog, okulist, nevropatolog, xirurg, UZI shifokori, ayollar va bolalar shifokori kabi turli yoʼnalishdagi tibbiyot mutaxassislari jalb etildi. Tibbiy koʼrikda viloyat hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi Komila Kavlonova hamda tuman hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi M. Bekmirzaevalar ishtirok etishib, jarayon bilan yaqindan tanishdi.  ✒️ - Koʼrik jarayonida hudud aholisi oʼrtasida, jumladan “Аyollar daftari”, “Yoshlar daftari”da turgan xotin-qizlar va farzandlarimizga sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, kasalliklarni boshlanish davrida aniqlash va davolash choralarini koʼrish, erta tugʼruq va bolalar oʼlimini oldini olish kabi qator masalalarni hal etishga qaratilgan. Bu borada tuman 2-sektor rahbari va tuman tibbiyot boʼlimi mutasaddilariga minnatdorchilik bildiramiz,-deydi viloyat hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi Komila Kavlonova.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab