NOZIMJON USMONOV TАQDIRLАNDI

×

 2022-09-27 14:58:08    220

PDF yuklash
Chop etish


1-oktyabr - Oʼqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan munosabati bilan bugun, viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasida koʼp yillar sport sohasida samarali mehnat qilib hozirda keksalik gashtini surib yosh avlodga oʼrnak boʼlib, oʼzlarining yordamlarini ayamay kelayotgan “Viloyat sport faxriylari kengashi” aʼzolaridan iborat bir guruh sport faxriylariga bayram dasturxoni yozilib, tadbir tashkil etildi. Shuningdek, ularning bir guruhiga "Oʼzbekiston sport faxriysi" koʼkrak nishonlari topshirildi. Аna shunday eʼtirofga sazovor boʼlganlar orasida Rishton tumani sportini rivojlantirishga munosib hissasini qoʼshgan Nozim aka Usmonov ham bor edi. Nozim aka Usmonov "Oʼzbekiston sport faxriysi" koʼkrak nishoni bilan mukofotlangan rishtonlik birinchi murabbiy boʼldi. Bunday yuksak eʼtirof bilan Nozim aka Usmonovni muborakbod etamiz.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab