MАHАLLА FАOLLАRINING BIR ISН KUNI

×

 2022-09-09 15:40:27    248

PDF yuklash
Chop etish


✅ Xabaringiz bor, bugungi kunda har bir mahalla kundan-kun obod boʼlib, aholining yashash sharoiti kun sayin farovonlashib bormoqda. Bu albatta muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosatidir.
✍️ Shu bilan bir qatorda mahalla fuqarolariga hamda yoshlariga toʼgʼri yoʼl-yoʼriq koʼrsatib, amaliy yordam berib kelayotgan mahalla fuqarolar yigʼini raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va yoshlar yetakchisining oʼrni beqiyos. Qaysi mahallada mahalla faollari birlashib, mahalla rivoji uchun tunu kun xizmat qilayotgan boʼlsa, oʼsha mahalla rivojlanmoqda.
✅ Kundan-kun rivoj topayotgan mahallalardan biri Rishton tumandagi "Dasht Tegiromon" mahallasidir. Har kuni erta tongda mahalla beshligi birgalikda bir yoqadan bosh chiqarib mahalla idorasiga yigʼilib, bugun amalga oshiriladigan ishlar rejasini tuzib oladilar. 
✍️ Shundan soʼng mahalla idorasiga kelgan fuqarolarning muammo va takliflarini tinglab ularga oʼz maslahatlarini berishadi. Shu bilan birgalikda mahallada xonadonma-xonadon yurib mahalladagi kam taʼminlangan va nogironligi boʼlgan fuqarolarning xonadonlariga borib ularning holidan xabar olishib ularga maslahat va takliflarini berib kelishmoqda. Bundan tashqari, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlar sonini kamaytirishga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
???? Taʼkidlash joizki: mahalladagi har bir xonadon mahalla faollarining eʼtiborida boʼlishi lozim.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab