Oʼzini-oʼzi band qilmoqchi boʼlgan xotin-qizlar qoʼllab-quvvatlanmoqda

×

 2022-07-01 14:17:47    287

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash va qoʼshimcha daromad manbalarini yaratib berish choralari koʼrilmoqda.Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida “Аyollar daftari”ning birinchi toifasidagi ishsiz boʼlgan xotin-qizlarning 40 nafariga subsidiya mablagʼlari hisobidan zamonaviy tikuv tikuv mashinalari topshirildi. Bu orqali 40 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi.

Tumanimizda yashovchi bichish-tikishning hadisini olgan, ammo shu kungacha roʼzgʼoridan orttirib tikuv mashinasini xarid qila olmayotgan xotin-qizlar uchun bu haqiqiy sovgʼa boʼldi. Tantanli marosimda tuman hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi M. Bekmirzaeva, mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash tuman boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari T. Аbdurahmonov hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi. Tumanda oʼzini-oʼzi band qilish niyatida boʼlgan xotin-qizlar tuman hokimligi tomonidan har tomonlama qoʼllab-quvvatlab kelinmoqda.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab