Tumanimizda "Munozara" oʼyini oʼtkazildi

×

 2022-06-15 16:28:53    281

PDF yuklash
Chop etish


Tumanda boʼlib oʼtayotgan “Yoshlar festivali” doirasida tumandagi oʼzbek va tojik markazida oʼrtasida tumandagi mahalla fuqorolar yigʼinlaridagi yoshlar oʼrtasida “Munozara” oʼyini boʼlib oʼtdi. Yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega qilib tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyati, notiqlik va liderlik sifatlarini rivojlantirish, oʼzgalarning fikrini hurmat bilan qabul qilishga oʼrgatish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tuman boʼlimi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi va Yoshlar ittifoqi tuman kengashi tomonidan tashkil etilgan oʼyinda munozarali bahslar, jiddiy fikrlar, qarama-qarshi ijobiy raqobatlar tinglandi. «Munozara» soʼnggida faol ishtirok etgan yoshlar hamda jamoalarga diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab