RISНTONLIKLАRGА YАNА BIR QULАYLIK YАRАTILIB, YАNGI “АGRO MАRKАZ” ISНGА TUSНDI

×

 2022-06-01 05:54:37    308

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanidagi Boʼston mahallasida joylashgan “Boʼston Baraka Market” MChJ koʼp tarmoqli boʼlib, yoshlar markazi, oziq-ovqat va xoʼjalik mollari doʼkoni, milliy taomlar oshxonasi, va boshqa bir qator faoliyatlarini yoʼlga qoʼygan. «Аgrobank» aktsiyadorlik tijorat bankining Rishton tumani filiali tashabbusi bilan «Boʼston Baraka Market»ning faoliyat turi yana bittaga koʼpayib, “Аgro markaz” oʼz faoliyatini boshladi.
Ushbu “Аgro markaz” tomonidan tumandagi fermerlar, dehqon xoʼjaliklari, klasterlar va tomorqa yer egalari uchun keng koʼlamdagi agro xizmatlar taqdim etilmoqda. Eng muhimi, ushbu markaz ularni uzogʼini yaqin qilish va qulaylik yaratish maqsadida tashkil etildi. “Аgro markaz”da arzonlashtirilgan qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, meneral oʼgʼit shuningdek, agro texnika vositalarini sotish yoʼlga qoʼyilgan. Markazda xizmat koʼrsatuvchi xodimlar esa maxsus oʼquv kursalarini tamomlashdi.Bugun ushbu “Аgro markaz”ning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Unda tuman hokimi, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etishdi. Tadbirga yigʼilganlar markaz faoliyati hamda u yerda mijozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.Loyiha qiymati 1,5 mlrd. soʼm boʼlib, 15 ta ish oʼrni yaratildi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab