MUROJААTGА MUNOSАBАT

 2022-05-16 16:09:13    293

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda “Chinigaron mahallasi fuqarolari murojaat qilishmoqdaki, ular koʼrsatgan nomzod negadir saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinmayotir...” nomli murojaat yuzasidan Fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish hamda saylovni tashkil etishga koʼmaklashuvchi tuman komissiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi. Rishton tumanida “Fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida”gi qarori asosida Mazkur muhim tadbirni ochiq va oshkora oʼtkazish maqsadida tumanimizda Rishton tumani Kengashining qarori bilan fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda oʼtkazishda fuqarolar yigʼinlariga amaliy yordam koʼrsatish uchun komissiya tuzildi va u oʼz faoliyatini boshladi. Mazkur komissiya tarkibiga deputatlar, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritildi. Saylovga koʼmaklashuvchi komissiya aʼzolari mahallalarda boʼlishib, ushbu muhim tadbirning ahamiyati, mahalla institutini yanada takomillashtirish, oila va jamiyat taqdirida uning ahamiyatini oshirish yuzasidan tushunchalar berishdi.Shuningdek, komissiya aʼzolari oʼzi biriktirilgan hududda ish faoliyat boshladi va saylovni yuqori saviyada oʼtkazish uchun keng koʼlamdagi ishlarni olib bormoqda. Chinigaron mahalla Fuqarolar yigʼinlari raisligi uchun bosha nomzodlar qatori Shokirjon Qodirovning nomzodi ham tasdiqlangan. Endi Shokirjon Qodirov 1 iyunь kuni boʼlib oʼtadigan saylovda ishtirok etishi mumkin.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab