IPАK QURTI BOQISH HАM OILАVIY MEHNАT, HАM QOʼSHIMCHА DАROMАD

×

 2022-05-14 18:37:00    325

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarida qishloq aholisining hayoti anchagina jonlanib qoldi, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Tomorqalarda, shu bilan birga, dalalarimizda ekin-tekin ishlari qizgʼin pallaga kirdi. Bobo dehqonlarimiz oʼz yerlaridan samarali foydalanib, undan moʼl hosil olish uchun bor kuch-gʼayratlarini ishga solmoqdalar.Аyni kunlarda qishloq aholisida oʼz oilasini moddiy manfaatdorligini oshirish uchun yana bir masʼuliyatli palla, yaʼni ipak qurti boqish va undan moʼl hosil olib, oilaviy daromadini oshirishi mumkin.Xalqimiz pillachilik bilan azaldan shugʼullanib keladi. Bugun ham yurtimizda ipak qurti boqish hadisini puxta oʼzlashtirgan oilalar koʼp. Ular oddiy sharoitda ham har quti ipak qurtidan 65 kilogramdan oshirib sifatli hosil yetishtirish mumkinligini isbotlaganlar.Jahon ipak bozorida ipak mahsulotlariga boʼlgan talabning oshib borayotganligi oʼz navbatida mamlakatimizda pilla yetishtirish hajmini bosqichma-bosqich oshirishni taqozo etmoqda. Pilla sifatini yaxshilash, boqilgan har bir quti qurtdan olinadigan pilla hosilini imkoniyati boricha oshirish bir qator agrotexnika va tashkiliy tadbirlarga amal qilishni talab etadi. Jonlanib chiqqan qurtlarni tarqatish va qurt boquvchilarga oʼz vaqtida vaqtida yetkazib berish, uni oʼz vaqtida parvarishlash pillachilikning eng masʼuliyatli jarayonlaridan hisoblanadi. Pillachilikdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, ayniqsa, qishloq aholisining juda koʼp qismi hozirgi kunda ishsizligini inobatga olsak, ipak qurti boqish ayni kunlarda qoʼshimcha daromad olishning eng qulay manbai boʼladi desak, aslo mubolagʼa boʼlmaydi.Pillachilik oilaviy mehnatni talab etadi. Ipak qurti chilgi hosil, uni boqqan odamning xazinasiga baraka qoʼshiladi. Ipak qurtining hayoti tom maʼnoda ibrat ham. Ipak qurti oʼzining hayotini garovga qoʼyib pilla oʼraydi va oxir oqibat harir kapalakka aylanadi. Bunda Yaratganning inoyati koʼp, oʼzgacha bir maʼno bor. Hozir hech kimga oson emas, mehnat koʼngilni yoritadi, kayfiyatni koʼtaradi. Bugungi kunda tumanimizda ipak qurti parvarishi jadallik bilan davom etmoqda.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab