Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

×

 2024-04-24 14:08:54    165

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani hokimligi majlislar zalida oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi 67-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Unda tumandagi sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Sessiya ishiga tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bahodir Xoliqov raislik qildi va olib bordi.Sessiya kun tartibiga  qo‘yidagi masalalar qo‘yildi:1-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi hamda tumandagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar tomonidan 2024 yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi D. Xusanov  axboroti.2-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.19 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102 sonli qarori talablariga asosan, 2024 yilni 1-chorak yakuni bo‘yicha  tuman sektor rahbarlarining hisobotlari.3-masala: 2024 yilni 1-choragi davomida tumanda xuquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi va jinoyatchilikka  qarshi ko‘rashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i Sh. Mavlonovning hisoboti4-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvar kungi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarorini tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Mustafaqulov hisoboti.5-masala: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2024 yil 30 yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi KQ-666-IV sonli qarorini tumandagi  ijrosi yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I. Djo‘rayev Axboroti.6-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Qo‘yi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5-sonli Qaror talablari asosida xududlar bo‘yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan tumanda vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlari  to‘g‘risida Rishton tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori T.Qosimov Axboroti.7-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-15-sonli Farmonini tumandagi ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati Davlat kadastrlari agentligi Rishton tumani bo‘limi boshlig‘i R.Rustamov Axboroti   8-masala: Rishton tumanlararo Iqtisodiy sudining 10.01.2024-yil kungi Hal qiluv qarorlariga asosan, “Inomjon-Elerjon”, “Gʻalla paykali”, “  “Tursunali xoji ota yerlari”  va “Axliyor shukur yeri”  fermer xo‘jaliklari umumiy taomilda bankrot deb e’tirof etilib, faoliyatiga tugatish joriy qilinganligi sababli ularni yer ijara shartnomasini bekor qilish va ijaraga berilgan yer maydonlarini tuman zaxirasiga qaytarish bo‘yicha tuman hokimini o‘rinbosari N.Mahmudov Axboroti9-masala:  Tuman zaxirasiga qaytarilgan 30q, 31, 32q, 33q, 34, 35q, 45- konturlardagi jami 47.25 gektar (shundan 43.38 gektar bog‘zor, 2.21 gektar ariq-zovur 1.19 gektar yo‘l, 0.47   boshqa) yer maydonlarini bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish  uchun auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha tuman xokimining o‘rinbosari N.Maxmudov AxborotiUshbu sessiya kundaligiga kiritilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar axboroti va hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan muhokama etildi.Muzokara va munozaralarga boy tarzda o‘tgan sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab