Jasorat hech qachon unutilmaydi

×

 2024-04-05 14:08:40    151

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda "Afg‘oniston urushlari"da qatnashgan baynalminal jangchi veteranlarga bo‘lgan e’tibor yanada oshmoqda. Afg‘oniston Respubikasida jangovar harakatlarda o‘zining burchini ado etish vaqtida halok bo‘lgan baynalminal jangchilar xotirasiga bag‘ishlagan tadbirlar o‘tkazilmoqda. 
Bugun ana shunday tadbirlarda biri Rishton tumanida bo‘lib o‘tdi. Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov, O‘zbekiston VETERAN jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi Rishton tumani bo‘linmasi raisi Rasuljon Shamsiddinov,  “Nuroniy”jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonov, Rishton tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Otabek Jabborov, a’zolar  ishtirok etgan saxovat tadbirida Afg‘oniston Respubikasida jangovar harakatlarda o‘zining burchini ado etish vaqtida halok bo‘lgan, hozirda nogirligi bo‘lgan baynalminal jangchilar oilasidan xabar olinib, ularga 2 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.
O‘z navbatida baynalminalchi jangchilar Afg‘on urushi qatnashchilariga ko‘rsatib kelayotgan g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirishdi. Veteranlar, nuroniylar mamlakatimizda hukm surayotgan tinch-osoyishta hayot, faxriylarimiz bosib o‘tgan olovli yo‘llar xususida fikr yuritdilar.
Bugungi global tahdidlar zamonasida yoshlarda vatanparvarlik hissini kamol toptirish, har bir o‘g‘il-qiz qalbiga Vatanga sadoqat, Vatan va millat sha’nini harbiy intizom darajasida himoya qilish, asrlar osha kamolga yetgan umummilliy qadriyatlarimizni “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi turli illatlardan asrash, xalqimiz mentalitetiga yot tushunchalarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasida bizga namuna avlod, hayotiy tajribaga ega, o‘z iroda va matonatini toblagan kishilar ko‘magi zarurligi ta’kidlandi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab