RASMIY MUNOSABAT
2023-05-20 09:08:07 230
Aniqlanishicha, Rishton tumani Yoyilma qishlog‘ida joylashgan Avtogaraj bino va inshootlari Rishton tumani hokimining 15.02.2005-yildagi 92-sonli “Yoyilma agroservis” nomli muqobil MTP tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va 05.03.2005 yildagi “topshirish qabul qilish” dalolatnomasiga asosan Yoyilma agroservis” MCHJ MTPga tegishli. Ushbu qaror va dalolatnoma asosida 16.07.2014 yilda rasmiylashtirilgan kadastr xujjatlariga asosan umumiy yer maydoni 8236,23 kv.m, shundan qurilish egallagan yer maydoni 1186,68 kv.mdan iborat bo‘lgan. Rishton tumani “Yoyilma agroservis” MCHJ MMTPning soliqlardan bo‘lgan qarzdorligi yuzasidan unga tegishli bino va inshootlari MIB Rishton tuman bo‘limi tomonidan xatlanib “Ye-ijro auksion” sayti orqali savdoga qo‘yilgan, Rishton tumani Yoyilma qishlog‘i hududida joylashgan umumiy maydoni 0,82 gektar bo‘lgan avtogaraj bino-inshootlari “Sobirjon Saxovat yulduzi” nomli fermer xo‘jaligi tomonidan sotib olingan. Sotib olingan mulkni qabul qilib olish yuzasidan “Sobirjon Saxovat yulduzi” fermer xo‘jaligi va MIB tuman bo‘lim ijrochisi joyga borilganda fuqarolar tomonidan uy-joylar qurib olinganligi, mazkur uy-joylarga tuman hokimining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida» 2018 yil 20 apreldagi pf-5421-son farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari haqidagi 2018 yil 21 iyun kungi 461-sonli qaroriga asosan, mulk huquqini e’tirof etuvchi qarorlari chiqarilganli aniqlangan.Jumladan, besh nafar fukarolar, ya’ni Jamoldinov Rashanjonga Rishton tumani xokimining 31.05.2019-yil 3629-sonli karori bilan umumiy yer maydoni 0,1598 ga kurilish egallagan maydoni 81,75 kv.m, Gopirova Mavludaxonga Rishton tumani xokimining 24.10.2018-yil 2241-sonli karori bilan umumiy yer maydoni 0,06 ga kurilish egallagan maydoni 17,39 kv.m, Axmadaliyeva Gulmiraxonga Rishton tumani xokimining 24.10.2018-yil 2240-sonli karori bilan umumiy yer maydoni 0,06 ga kurilish egallagan maydoni 66,70 kv.m, Sotivoldiyev Muydinjonga Rishton tumani xokimining 06.09.2019-yil 6218-sonli karori bilan umumiy yer maydoni 0,0658 ga kurilish egallagan maydoni 16,81 kv.m xamda Eshaliyev Dostonbeklarga Rishton tumani xokimining 19.05.2019-yil 3277-sonli karori bilan umumiy yer maydoni 0,06 ga kurilish egallagan maydoni 70,95 kv.mga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan.Keyinchalik, “Sobirjon Saxovat yulduzi” fermer xo‘jaligi rahbari S.Yuldashevning arizasi, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan va 19.05.2021-yil kungi hal qiluv qarori bilan Rishton tumani xokimining 24.10.2018-yil 2241-sonli karori, Rishton tumani xokimining 31.05.2019-yil 3629-sonli karori, Rishton tumani xokimining 06.09.2019-yil 6218-sonli karori haqiqiy emas deb topilgan.Bundan tashqari, “Sobirjon Saxovat yulduzi” fermer xo‘jaligi rahbari S.Yuldashevning arizasi, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan va 24.07.2021-yildagi hal qiluv qarori bilan Rishton tumani xokimining 19.05.2019-yil 3277-sonli karori va Rishton tumani xokimining 24.10.2018-yil 2240-sonli karori haqiqiy emas deb topilgan. (Mazkur sud qarorlari bekor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot Davlat kadastrlari palatasi Rishton tuman filialida mavjud emas).Rishton tuman “Sobirjon Saxovat yulduzi” fermer xo‘jaligining Davlat xizmatlari markazi orqali kadastr xujjatini rasmiylashtirish yuzasidan qilgan murojaatiga asosan joyga chiqilganda, mazkur hududda yuqorida ko‘rsatilgan fuqarolar tomonidan qurilgan qurilmalar mavjudligi va nizoli bo‘lib turganligi sababli ariza rad qilingan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi