SHUKRONALIK VA MEHR-MURUVVAT BAYRAMI
![](https://rishton.uz/uploads/photo_2023-03-28_20-34-50.jpg)
2023-03-29 06:31:39 203
Ramazon – nafaqat ibodat, Allohning ajru savoblariga erishish, balki xayru saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir.
Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi kunlarida yurtimiz mahallalarida kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar, nuroniylar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari Rishton tumani mahallalarida ham tashkil etilmoqda.
Ana shunday saxovat tadbirlaridan biri 2-sektor hududidagi Guliston MFYda o‘tkazilib, unda Guliston Zohidon, Mevazor, Yoshlik, Amirobod va Polvonobod MFYlarda yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun bo‘lib o‘tdi. Dasturxon atrofida yig‘ilganlar yurtimizga tinchlik, qut-baraka, xalqimizga ahillik tilab duolar qildilar.
Iftorlik tadbirida tuman prokurori R. Madaliyev hamda sektor rahbarlari qatnashdilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38![](https://rishton.uz/images/img/ban.jpg)
Ishonch telefoni statistikasi
![](https://rishton.uz/dist/img/ctrl.jpg)