SHUKRONALIK VA MEHR-MURUVVAT BAYRAMI

×

 2023-03-29 06:31:39    186

PDF yuklash
Chop etish


Ramazon – nafaqat ibodat, Allohning ajru savoblariga erishish, balki xayru saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir.
Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi kunlarida yurtimiz mahallalarida kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar, nuroniylar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari Rishton tumani mahallalarida ham tashkil etilmoqda.
Ana shunday saxovat tadbirlaridan biri  2-sektor hududidagi Guliston MFYda o‘tkazilib, unda  Guliston Zohidon, Mevazor, Yoshlik, Amirobod va Polvonobod MFYlarda yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun bo‘lib o‘tdi. Dasturxon atrofida yig‘ilganlar yurtimizga tinchlik, qut-baraka, xalqimizga ahillik tilab duolar qildilar.
Iftorlik tadbirida tuman prokurori R. Madaliyev hamda sektor rahbarlari qatnashdilar.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab