Rishtonda qarzdor farzandlari uchun 12.250 dollar miqdorida alimentni oldindan to‘ladi

 2023-02-16 11:44:55    196

PDF yuklash
Chop etish


 Bolalarning sog‘lom va barkamol avlod sifatida voyaga yetishida ota-onalar mas’ulligiga va yordamga muhtoj bolalarini ijtimoiy ta’minlashga majbur ekanligi qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan.       
Majburiy ijro byurosining Rishton tuman bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 21.02.2019 yildagi qarzdor U.D.dan undiruvchi U.R. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oyda topgan daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilgan.     
 Ijro harakatlari davomida qarzdorga, uning huquq va majburiyatlari tushuntirib kelinganligi sababli, qarzdor U.D. belgilangan aliment pullarini farzandlari uchun ixtiyoriy ravishda oyma-oy to‘liq to‘lab kelgan.         
15.02.2023 yil kuni qarzdor U.D. undiruvchi U.R. bilan o‘zaro kelishgan holda qarzdor farzandlari uchun ularni voyaga yetguniga qadarli to‘lashi lozim bo‘lgan 139.122.000 so‘m aliment pullarini 12.250 AQSH dollari miqdorida undiruvchi U.R.ga tilxat asosida topshirdi va  undiruvchining arizasiga asosan ijro ishi tamomlandi.

MIB Rishton tumani bo‘limi


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 169 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab