Oʼzini-oʼzi band qilmoqchi boʼlgan yoshlar qoʼllab-quvvatlanmoqda
2023-02-03 16:38:06 299
Rishton tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda kasb-hunarga iqtidorli boʼlgan yoshlarga ish faoliyatini boshlashlari uchun “Yoshlar daftari” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan kerakli jihozlar taqdim etish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Аytish joizki, Rishton tumanida bugungi kunda roʼyxatga kiritilgan yoshlarga koʼmak berish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, bugun tuman hokimi oʼrinbosari va sektor rahbarlari ishtirokida tumanda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida "Yoshlar jamgʼarmasi" mablagʼlari hisobidan 20 nafar yoshlarga oʼzini-oʼzi band qilishlari va daromad topishlari uchun subsidiya asosida mehnat qurollari berildi.
Tumanda oʼzini-oʼzi band qilish niyatida boʼlgan yoshlar tuman hokimligi tomonidan har tomonlama qoʼllab-quvvatlab kelinmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi