Nogironlik aravachasi berildi
2022-06-15 16:34:28 433
Rishton tumanida nogironligi boʼlgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinayotir. Аna shunday ezgu ishlardan biri bugun Dasht-Pandigon mahallasida tashkil etildi. Dasht-Pandigon MFY faxriylar kuchasida yashovchi 94 ëshli Toshmatova Tojinisa onaga nogironlik aravasi berildi. Onaxon bir necha yillar jamoa xoʼjaligida, dalada mehnat qilib bugun nabira-yu va evaralari bagʼrida umrguzaronlik qilmoqda. Lekin, bir necha yil davomida mustaqil yurishga qiynalar edi.Bugun tuman IIB boshligʼi, mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi xodimdari onaxonning xonadoniga tashrif buyurib, uning holidan xabar olishdi. Dildan suhbat davomida moʼʼtabar onaxonga nogironlik aravachasi topshirildi. Endi mushkuli oson boʼlgan onaxon keksalarga koʼrsatilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrliklar uchun oʼz minnatdorchiligini izhor etdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi