Nogironlik aravachasi berildi

×

 2022-06-15 16:34:28    322

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida nogironligi boʼlgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinayotir. Аna shunday ezgu ishlardan biri bugun Dasht-Pandigon mahallasida tashkil etildi. Dasht-Pandigon MFY faxriylar kuchasida yashovchi 94 ëshli Toshmatova Tojinisa onaga nogironlik aravasi berildi. Onaxon bir necha yillar jamoa xoʼjaligida, dalada mehnat qilib bugun nabira-yu va evaralari bagʼrida umrguzaronlik qilmoqda. Lekin, bir necha yil davomida mustaqil yurishga qiynalar edi.Bugun tuman IIB boshligʼi, mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi xodimdari onaxonning xonadoniga tashrif buyurib, uning holidan xabar olishdi. Dildan suhbat davomida moʼʼtabar onaxonga nogironlik aravachasi topshirildi. Endi mushkuli oson boʼlgan onaxon keksalarga koʼrsatilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrliklar uchun oʼz minnatdorchiligini izhor etdi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab