VАZIRNING TАShRIFI
2022-05-12 17:51:24 533
Joriy yilning 12 may kuni Rishton tumani “Dorul-Omon” MFY, B. Roshidoniy koʼchasi, 78-uy manzilida jaylashgan “I HOUSE” yuqori texnologiyalar maktabi (oʼquv markazi)ga Oʼzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov tashrif buyurdi. АKT vazirligi, IT PARK vakillari tomonidan ushbu oʼquv muassasasida yaratilgan sharoitlar, oʼquv dasturlari va kelgusi rejalar haqida fikr almashinildi. Hozirgi kunda “I HOUSE” yuqori texnologiyalar maktabi tomonidan kompyuter savodxonligi, dasturlash, grafik dizaynerlik, 3D modellash, yoʼnalishlarida oʼquv kurslari tashkil etilgan. Bundan tashqari xalqaro xizmat koʼrsatish eksportini yoʼlga qoʼyish yuzasidan ham oʼzaro samarali muloqot boʼlib oʼtdi. “I HOUSE” tomonidan ushbu yoʼnalishda ham faoliyat olib borish uchun amaliy rejalar ishlab chiqilgan.АKT vaziri Sh.Shermatov kelgusida ham vazirlik tomonidan oʼquv muassasasining faoliyati qoʼllab-quvatlanishini bildirdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi