VАZIRNING TАShRIFI

×

 2022-05-12 17:51:24    465

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 12 may kuni Rishton tumani “Dorul-Omon” MFY, B. Roshidoniy koʼchasi, 78-uy manzilida jaylashgan “I HOUSE” yuqori texnologiyalar maktabi (oʼquv markazi)ga Oʼzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov tashrif buyurdi. АKT vazirligi, IT PARK vakillari tomonidan ushbu oʼquv muassasasida yaratilgan sharoitlar, oʼquv dasturlari va kelgusi rejalar haqida fikr almashinildi. Hozirgi kunda “I HOUSE” yuqori texnologiyalar maktabi tomonidan kompyuter savodxonligi, dasturlash, grafik dizaynerlik, 3D modellash, yoʼnalishlarida oʼquv kurslari tashkil etilgan. Bundan tashqari xalqaro xizmat koʼrsatish eksportini yoʼlga qoʼyish yuzasidan ham oʼzaro samarali muloqot boʼlib oʼtdi. “I HOUSE” tomonidan ushbu yoʼnalishda ham faoliyat olib borish uchun amaliy rejalar ishlab chiqilgan.АKT vaziri Sh.Shermatov kelgusida ham vazirlik tomonidan oʼquv muassasasining faoliyati qoʼllab-quvatlanishini bildirdi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab