Ichki yo‘llarda shag‘allashtirish ishlari davom etmoqda

×

 2023-03-09 06:23:49    467

PDF yuklash
Chop etish



Rishton tumanida mavjud 71 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularga qulayliklar yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Ayniqsa ko‘p yillardan buyon qishda loy, yozda chang bo‘lgan yo‘llarni toshlash, ravon, tekis yo‘llarga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hokimlik mutasaddilari har bir ko‘chaning ahamiyatidan kelib chiqib, uning holatini o‘rganib chiqishmoqda.
O‘rganish natijalarida tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tuman yo‘lsozlari, homiy pudratchi korxonalar ko‘magida toshlash, shag‘allashtirish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli Qaroriga muvofiq Gumbaz MFYdagi ichki yo‘llarida shag‘alashtirish ishlari davom etmoqda. 
Bu kabi ishlar tumanning olis va chekka hududlaridagi mahalla, ko‘cha va yo‘llarga ham kirib bordi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab