YaNGI TАHRIRDАGI MEHNАT KODEKSI TАRGʼIBOTIGА BАGʼIShLАNGАN SEMINАR OʼTKАZILDI

×

 2022-11-28 14:53:37    204

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumani hokimligi majlislar zalida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan seminar tashkil etildi. 
Seminarda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tashkiliy va kadrlar boʼyicha inspektori M.Musajonov Mehnat kodeksidagi yangi oʼzgarishlar boʼyicha tushunchalar berib oʼtdi.
 Kodeksga koʼra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bogʼliq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish asosiy printsiplari etib quyidagilar belgilandi:•mehnat huquqlari tengligi, mehnat va mashgʼulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;•mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;•mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;•mehnat huquqlari taʼminlanishi va mehnat majburiyatlari bajarilishi kafolatlangani;•xodim huquqiy holati yomonlashishiga yoʼl qoʼyilmasligi.
Mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga boʼlgan oʼz qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashgʼulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.
 Seminarda ushbu hujjatning mazkur sohadagi qator muammolarni hal qilishda, ishlagan ishiga, ish beruvchi esa kiritgan sarmoyasiga munosib tarzda eʼtibor va ragʼbatga ega boʼlishida muhim huquqiy asos boʼlib xizmat qilishini qayd etildi.
Yakunda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari bildirildi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab